"Manchester Siti" futbolchisi "Borussiya"ga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Dortmundning "Borussiya" jamoasi tarkibiga Angliya Premer-ligasi klubining 22 yoshli himoyachisi qo'shiladi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan Yan Kouto "Borussiya"ga taxminan 30 million evro evaziga sotiladi. O'tgan mavsumda himoyachi "Jirona"da ijara asosida o'ynagan va 38ta o'yinda ishtirok etgan, ikki bor raqiblar darvozasiga zarba bergan va jamoadoshlariga 10ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Manchester Siti" futbolchini to'rt yil avval "Kuritiba"dan olti million evroga sotib olgandi, hozir futbolchining narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
254