"Chelsi" "Vilyarreal" posboniga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Chelsi" "Vilyarreal" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda.
London klubi Filip Yorgensen bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi Fabritsio Romano. Ushbu transferga futbolchining o'zi qiziqmoqda.
Yorgensen "Chelsi" ko'rib chiqayotgan to'rtta darvozabondan biri. "Ko'klar" bosh murabbiyi Entso Mareska "Lester"da birga ishlagan Mads Xermansenni yoqtiradi. Daily Mail nashri yozishicha, "tulkilar" 24 yoshli darvozabonni 45 million funtga baholamoqda.
Qayd etilishicha, londonliklar "Valensiya"dan Giorgi Mamardashvilining ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib borishmayapti.

Bosh sahifaga
256