"Roma" "Yuventus"ga rasmiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Roma" Matias Soule transferi bo'yicha "Yuventus"ga yaxshilangan taklif bilan chiqdi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, rimliklar dastlab vingerni 23 million evro va yana 3 million bonusga sotib olishga harakat qilishgan. Endi ular 25+4 million evro to'lashga tayyor.
Futbolchining o'zi allaqachon poytaxt klubiga o'tishga rozi bo'lgan. U "Roma"ni Premer-liga jamoalaridan afzal ko'radi, jumladan, "Yuventus"ga ham taklif yuborgan "Lester"dan ham.

Bosh sahifaga
260