"Real" o'z posbonini "Atletiko"ga sotmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Madridning “Atletiko” klubi “Real”ning ukrainalik darvozaboni Andrey Luninni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Defensa Central.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq “Qirollik klubi"ni bu summa qanoatlantirmadi. "Los-Blankos" darvozabonni sotishdan 30-35 million evro ishlab olishni kutmoqda. Moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli kelishuv amalga oshmadi.
Eslatib o'tamiz, Luninning Madrid giganti bilan tuzilgan mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 25 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
250