"Yuventus" Kalafori uchun kurashga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Turinning "Yuventus" klubi tez orada "Bolonya" markaziy himoyachisi Rikkardo Kalafori uchun kurashga qaytishi mumkin.
Qayd etilishicha, Londonning “Arsenal” klubi bilan muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan, shu bois “Yuventus” vaziyatni faol kuzatib bormoqda. “Keksa sinora”ning sport direktori Kristiano Juntoli bungacha “Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Tyago Motta qo'l ostida o'ynagan italiyalik futbolchini qo'lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Shu bilan birga, "Bolonya" Kalaforini Italiyaning boshqa jamoasiga sotmoqchi emas. Avvalroq, Rikardo xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirgandi, ammo “ko'klar” rasmiy taklif bilan chiqishmagandi.

Bosh sahifaga
249