"Lester" "Yuventus" futbolchisi uchun 21 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Lester" "Yuventus" vingeri Matias Soule bo'yicha yaxshilangan taklif bilan chiqdi.
"Tulkilar" Argentina yoshlar terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi uchun 21 million funt to'lashga tayyor.
Avvalroq ingliz klubi Soule uchun 17 million va 4 million bonus taklif qilgandi, biroq turinliklar bunga rozi bo'lmadi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda "Lester" "Roma"dan oldinda.
Soule o'tgan mavsumni "Frozinone"da ijarada o'tkazdi va A Seriyaning 36 uchrashuvida 11 ta gol (5 ta penaltidan) urdi.

Bosh sahifaga
250