"Sevilya" Rossiya klubi futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Himoyachi Vanya Drkushich yozgi transfer oynasida "Sochi"ni tark etib, top-chempionatga o'tishi mumkin.
24 yoshli sloveniyalik futbolchiga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. Ispaniya klubi allaqachon Drkushich bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ko'rinishidan, Drkushich Evropa chempionatidagi o'yinlari orqali "Sevilya"ni e'tiborni tortdi. Turnirda himoyachi barcha to'rtta o'yinni asosiy tarkibda o'tkazdi.
Xabaringiz bor, Sloveniya terma jamoasi 1/8 final bosqichida Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi. Vanya Drkushich 2022 yil boshidan buyon "Sochi" safida o'ynab kelmoqda. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchini 2,8 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
200