"Manchester Siti" o'z futbolchisi uchun "Borussiya"dan ko'proq mablag' talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Yan Kouto "Manchester Siti"ni tark etib, Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o'tishi mumkin.
Dortmund klubi braziliyalik o'ng qanot himoyachisiga qiziqish bildirmoqda va u bilan og'zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Sky Sport nashri.
"Borussiya" 22 yoshli futbolchi uchun 20-25 million evro to'lashga tayyor, "shaharliklar" esa bundan ham yuqoriroq summani talab qilishmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.
Kouto so'nggi ikki mavsumni "Jirona"da ijara asosida o'tkazdi.

Bosh sahifaga
220