Uilyams faqat "Barselona"ga o'tmoqchi ekanligini yashirmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams faoliyatini qaerda davom ettirish borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Evropa chempioni faqat "Barselona"ga o'tmoqchi. Tomonlar hozirdanoq muzokaralar olib bormoqda va kelishuv shartlarini kelishib olishmoqda. Kataloniya grandi safida faoliyatini davom ettirish uchun Niko maoshini kamaytirishga tayyor.
Unga "Arsenal" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda, ammo vinger "Barselona"ga o'tmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Uilyams Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda 2024 yilgi Evropa chempionati g'olibiga aylangandi.

Bosh sahifaga
226