So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"MYu" bu transfer borasida "otni qamchilamoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Manchester Yunayted" Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Jonatan Tani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Sky Sports nashri.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" haligacha "Bavariya" bilan himoyachi Matias de Ligtning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Futbolchining ingliz klubi bilan shaxsiy shartnomasi allaqachon kelishib olindi, kelishuv 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Bavariya" "Manchester Yunayted"dan 50 million evro + bonuslar talab qilmoqda.
Shu sababdan "Manchester Yunayted" bir vaqtning o'zida Ta bilan bog'landi, unga "Bavariya" ham qiziqmoqda.
28 yoshli Jonatan Ta 2015 yilda Gamburgdan Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 353 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Taning "dorishunoslar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.