Rasman! "Arsenal" futbolchisi La Ligaga yo'l oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Alber-Mboyo Lokonga "Arsenal"dan "Sevilya"ga o'tdi.
Ispaniya klubi 24 yoshli yarim himoyachining ijaraga olinganini tasdiqladi.
"Sevilya" futbolchini keyinchalik sotib olish huquqini ham oldi.
Avvalroq, Andalusiya klubi yarim himoyachini 12 million evro evaziga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Alber-Mboyo Lokonga o'tgan mavsumda "Luton"da ijara asosida o'ynadi va Premer-ligada 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Bosh sahifaga
207