"Bavariya" Xaviga 10-raqamni va'da qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Niderlandiya terma jamoasi va "PSJ" yarim himoyachisi Xavi Simons Germaniya chempionatidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jurnalistning yozishicha, 21 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachini "Bavariya" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Nemis grandi Simonsni keyinchalik sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. Xavi jamoada o'ninchi raqamni egallashi mumkin.
O'tgan mavsumda Simons "Leyptsig" safida 43 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
226