"Bavariya" Xavini qo'lga kiritishga ishonmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachi Xavi Simonsni Frantsiyaning "PSJ" klubidan transfer qilish bo'yicha kelishuvni yakunlay olishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik futbolchi so'nggi mavsumni Bundesligada "Leyptsig"da ijara asosida o'tkazdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Simons "Bavariya"ga o'tishga tayyor. Myunxen sport direktori Maks Eberl yosh futbolchining atrofidagilar va oilasi bilan yaxshi munosabatda. Bundan oldin Simonsga "Barselona" va Angliya Premer-ligasining top-klublari ham qiziqish bildirgan.
O'tgan mavsumda 21 yoshli Xavi Bundesligada 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
244