"Barselona" himoyachisi "An-Nasr"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Daniya terma jamoasi va “Barselona” himoyachisi Andreas Kristensen Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchini o'z safiga "An-Nasr" klubi qo'shib olmoqchi. Daniyalik futbolchining transfer narxi 40 million evroga baholangan va uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida Kristensen 30 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
290