"Yuventus" Luis uchun ikki futbolchisini va yana pul ham bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Turinning "Yuventus" klubi "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchini transfer qilish uchun "keksa sinora" ikki futbolchisini Angliyaga jo'natishga va qo'shimcha ravishda 20 million evro to'lashga tayyor.
Manbaning ta'kidlashicha, "Yuventus" yarim himoyachi Ueston Makkenni va vinger Samuel Iling bilan xayrlashishga tayyor. Ikkala futbolchi ham iyul oyida ish boshlaydigan yangi murabbiy Tiago Mottaning rejalariga kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Duglas Luisga Londonning "Arsenal" jamoasi qiziqqan edi, ammo "kanonirlar" endi yarim himoyachi uchun kurashda ishtirok etmaydilar.

Bosh sahifaga
298