"Napoli" sardori "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Jovanni Di Lorentso "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.
Football Italia nashriga xabar berishicha, "Napoli" sardori turinliklar bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Himoyachi klublarning kelishuvga erishishini kutmoqda.
Neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte 30 yoshli futbolchini qolishga ko'ndirishga urindi, biroq bunga erisha olmadi.
Oldinroq "Napoli" Di Lorentsoni "Yuventus" vingeri Federiko Kezaga almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
308