"Bavariya" "Bayer" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Bavariya" "Bayer" himoyachisi Jonatan Ta bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Jurnalist Florian Plettenbergga ko'ra, tomonlar 2029 yilgacha hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olgan. "Bayer" Taning "Bavariya"ga o'tish niyatida ekanligini allaqachon bilgan - klublar o'rtasidagi muzokaralar yaqin orada boshlanadi.
Qayd etilishicha, “Bayer” bilan muzokaralar buzilgan taqdirda, “Chelsi” himoyachisi Levi Kolvill muqobil variant hisoblanadi.

Bosh sahifaga
291