"Yuventus" posboni "An-Nasr" bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Turinning "Yuventus" klubining polshalik darvozaboni Voytsex Shesni faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
The Athletic xabariga ko'ra, futbolchi "An-Nasr" bilan ikki yilga mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan va uning maoshi yiliga 19 million evroni tashkil qiladi.
Klublar darvozabonning transferi borasida ham printsipial kelishuvga erishgan. Kelishuv shu hafta yakunlanishi kutilmoqda.
U 2017 yilning yozidan buyon Turinning "Yuventus" klubida o'ynab kelmoqda. O'shandan beri darvozabon 252 ta rasmiy o'yinda qatnashib, 233 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt portali polshalik darvozabonni olti million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
299