Mourino «Manchester Yunayted» futbolchisini yangi jamoasiga taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Joze Mourino «Fenerbaxche» bilan shartnoma imzolagach, jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish haqida bosh qotira boshladi.
Portugaliyalik mutaxassis o'z e'tiborini «Manchester Yunayted» forvardi Meyson Grinvudga qaratdi. Yakunlangan mavsumni "Xetafe" safida ijara asosida o'tkazgan Grinvudning o'zi Turkiya chempionatiga o'tishga shoshilmayapti.
Grinvud Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 10 gol va 6 assist muallifi bo'ldi. Meysonning "MYu" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
287