"Everton" o'z futbolchisiga xaridor izlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Everton" yozda o'zining himoyachi yarim himoyachisi Amadu Onana bilan xayrlashishga tayyor.
Jurnalist Grem Beyli bergan ma'lumotga ko'ra, "Everton" hozirda belgiyalik futbolchiga faol xaridor qidirmoqda. Qayd etilishicha, "Everton"ga moliyaviy muammolar tufayli pul kerak. Savdoga qo'yilgan ro'yxatda birinchi o'rinda mersisaydliklar jamoasining eng qimmatli aktivi hisoblangan Onana joylashgan.
"Everton" bu yozda darvozabon Jordan Pikford va markaziy himoyachi Jerred Brantueyt bilan xayrlashishni istamayapti. Shu sababli, rahbariyat, Onanani sotish muammolarni hal qilish uchun etarli bo'ladi, deb hisoblamoqda.

Bosh sahifaga
247