"Borussiya" Bundesliga to'purarlaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Dortmundning "Borussiya" klubi "Shtutgart" hujumchisi Sera Girassini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Xabar qilinishicha, "qora-sariqlar" 28 yoshli Girassining tovon pulini 17,5-18 million evroga faollashtirishga tayyor. Gvineyalik futbolchining transferi "Borussiya" uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Joriy mavsumda Seru Girassi “Shtutgart” safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
248