"PSJ" futbolchisi mavsum oxirida jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"PSJ" yarim himoyachisi Karlos Soler mavsum oralig'ida jamoani tark etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Oldinroq ispaniyalik futbolchi parijliklar bosh murabbiyi ishonch bildirmaydigan futbolchilar ro'yxatidan joy olgani ma'lum bo'lgandi. Unga "Brayton" va "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda.
Soler "PSJ"da 2 mavsum o'tkazdi. O'tgan mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
248