Manba: "Barselona" amaldagi JCh g'olibi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Yarim himoyachi Gvido Rodriges allaqachon "Barselona" bilan dastlabki shartnoma imzolagan. Bu haqda jurnalist Gaston Edul ijtimoiy tarmoqlarda yozmoqda.
Rodriges “Betis” bilan amaldagi shartnomasi tugashining ertasiga - 1 iyul kuni “Barselona” futbolchisiga aylanadi. Aytish joizki, mish-mishlar uzoq vaqtdan beri Rodrigesni "Barselona" bilan bog'lab kelgan.
Argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolanishini “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi ma'qullagani haqida ma'lumot bor edi.
Gvido Rodriges 30 yoshda. 2022 yil oxirida u Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etdi va JChni qo'lga kiritdi. O'sha turnirda Rodriges guruh bosqichida bitta o'yinda ishtirok etgan.

Bosh sahifaga
203