"Atletiko"ning ijaradagi futbolchisiga top-klublar qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Ispaniyaning "Alaves" klubi futbolchisi Samu Omorodionga London klublari qiziqish bildirmoqda.
DAZN nashrining yozishicha, "Alaves"ning eng yaxshi to'purarini "Arsenal" va "Tottenxem" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, "Napoli" va "Roma" uni mos ravishda Viktor Osimxen va Romelu Lukakuning o'rnida ko'rmoqda.
20 yoshli hujumchining huquqlari "Atletiko"ga tegishli. La Liganing joriy mavsumida u 32 o'yinda 9 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
253