"Barselona" o'zining ikki futbolchisini Saudiyaga sotish ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Kataloniyaning "Barselona" klubi Saudiya Arabistoniga ikki futbolchisini sotish ustida ishlamoqda.
Gap joriy mavsum Angliya Premer-ligasida ijara asosida o'ynayotgan futbolchilar haqida ketmoqda.
Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" Saudiya Arabistoniga hujumchi Ansu Fati va markaziy himoyachi Kleman Langleni sotish niyatida.
"Brayton" va "Aston Villa" bu futbolchilarni doimiy ravishda sotib olishdan manfaatdor emas. Qayd etilishicha, “Barselona” keyingi mavsumda Fati va Langleni o'z rejalariga kiritmaydi. Rahbariyat yozdagi muhim transferlarni moliyalashtirish uchun bu futbolchilarni sotishni afzal ko'rmoqda.

Bosh sahifaga
188