So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APLdagi top-transferlar o'zini oqlamoqdami?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
O'tgan yili yozgi transferlar oynasi vaqtida Angliya Premer-ligasida bir qancha shov-shuvli transferlar amalaga oshdi.
Xo'sh ushbu xaridlardan qaysilari o'zini oqlay oldi? Shu haqda birma-bir to'xtalib o'tamiz. Albatta, mavsumning mana shu qismigacha bo'lgan vaqt nazarda tutilmoqda.
Deklan Rays («Arsenal» - 116.6 million evro)
Kuchli o'nlikni Rays ochib beradi. Arteta dastlab Rays tarkibda yuqoriroq pozitsiyada o'ynaydi va Parti unga yordam beradi deb o'ylagan. Ammo Tomasda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bor, ammo Deklan «Arsenal»ning kelajakda asosiy umidlaridan biridir. Yarim himoyachi darhol o'yinga moslashdi. «Arsenal»ga o'tishda katta transfer narxiga qaramay, ushbu xardini oqlashga kirshdi. Futbolch ayni vaqtga kelib ajoyib formada va jamoasga yordam berishda davom etmoqda.
Moyzes Kaysedo («Chelsi» - 116 million evro)
Ekvadorlik futbolchi bundanda yaxshi o'yinlarni namoyish eta oladi, ammo «Chelsi»da bir xil futbol mavjud emas. «Manchester Siti»ga qarshi durang umid baxsh etadi, ammo Pochettino Kaysedo va Fernandes bilan mukammal yarim himoya qura olmadi. Moyzes Londondagi faoliyatini boshlaganida hafsalasi pir bo'ldi, lekin undan voz kechilmadi. Yigitcha ancha jangovar va yosh. «Chelsi» boshqa murabbiy jalb qilsa, yang murabbiy qo'l ostida Kaysedo ancha malakali o'ynaydi va rivojlanadi. Lekin aytishimiz mumkinki, hozircha «Brayton»dagi faoliyati yorqinroq edi.
Yoshko Gvardiol («Manchester Siti» - 90 million evro)
Xorvatiyalik futbolchi jarohat olgan va «Chelsi»ga qarshi o'ynamagan. Ammo u himoyaning istalgan nuqtasida o'ynashga qodir. Gvardiola qo'l ostida u chap qanot himoyasida ham o'ynadi. Biroq, Yoshkoning debyutini qat'iy baholasak, unda maqtanadigan hech narsani ko'rmadik. U yangi jamoada asosiy himoyachiga aylana olmadi, garchi u Van Deyk «Liverpul»ga tushganidan ko'ra shaharliklarga qimmatga tushdi.
Kay Xaverts («Arsenal» - 75 million evro)
O'tgan yozning eng bahsli transferlaridan biri. Tez orada «Arsenal»da markaziy hujumchi paydo bo'ladi, shuning uchun birinchi o'rinda Kay kerak emasdi. Nemis futbolchisi Martinellidan ko'ra sovuqqonroq emas, shuning uchun u «kanonirlar» safida chap qanotda am o'ynasi qiyin. Nihoyat, yarim himoyada boshqa variantlar ham bor. Shu bois, Xaverts u erda har doim ham qulay emas, ayniqsa to'psiz. Oxirgi o'yinlarda nemis futbolchisi maydon markazida yaxshi o'ynamoqda, ammo osonroq raqiblarga qarshi. Qiyin o'yinlarda Kayning jamoaga foydas kamroq.
Rasmus Xoylund («MYu» - 73.9 million evro)
Shubhasiz, Premer-ligadagi so'nggi haftalar qahramoni. «Manchester Yunayted»da tizimli o'yin bo'lmasada, Rasmus «Liverpul» va «Manchester Siti» hujumchilari kabi qo'llab-quvvatlanmasa ham, yosh daniyalik bir nechta gollar urdi. Premer-ligadagi dastlabki 14 uchrashuvda «Daniya shahzodasi» bir marta ham gol ura olmadi. Oxirgi olti uchrashuvda 7 ta gol. Qolaversa, «Luton»ga qarshi o'yindagi dubl «qizil iblislar»ga muhim g'alaba keltirdi va bungacha Xoylundning gollari kuchliroq raqiblarni mag'lub etishga yordam berdi. Ketma-ket olti turda gol urgan Premer-liga tarixidagi eng yosh hujumchiga aylandi. Yangi kelgan hujumchi Ten Xagga klub rahbariyatidagi muhim o'zgarishlar arafasida o'z pozitsiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
Dominik Soboslai («Liverpul» - 70 million evro)
Dominiki Xoylund kabi jamoasiga moslasib ketganicha yo'q. Ammo Soboslai ham yosh va xuddi «Daniya shahzodasi» kabi klubga asta-sekin moslashadi. Venger futbolchisi - o'ziga e'tibori yuqori yigit. Misol uchun, u reklama suratga tushida ham foyda ko'radi. Shuningdek, o'ziga bo'lga ishonch unga maydonda ham yordam beradi. U natijalar bilan porlamasada, Premer liganing grand klubi futbolchisi. Dominikning aqlli to'p uzatishi Kloppning Angliya chempionatida etakchi bo'lishiga yordam bermoqda.
Meyson Maunt («MYu» - 64.2 million evro)
Muvaffaqiyatsizlik va u sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab bir qancha o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmadi. Meyson Maunt «Chelsi»ni tark etishni juda xohlardi, ammo yakunda eng yuqori formaga qaytganidan keyin o'z o'rnini topa olmaydigan jamoaga kelib qo'shildi. Garnacho xuddi hujumchi ostidagi Fernandes kabi qanotdagi hujumdagi o'rnini bo'shatmaydi. Maydon markazida esa hozir Kazemiro va Maynu kombinatsiyasi bor. Albatta, Saudiya Arabistoniga taklif qilingan faxriylar yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishsa, u holda Meyson faoliyatini yangi joyda qayta boshlashi mumkin. Bu orada ular yana bir Entoni va Sancho hikoyasini davom ettirish xavfi bor.
Sandro Tonali («Nyukasl» - 64 million evro)
Diskvalifikatsiya futbolchi uchun o'ta jiddiy jazo bo'ldi. Professional futbolchilar uchun futbolga pul tikish taqiqlangan, ammo Sandro «Milan»da bu qoidalarni tez-tez buzgan. «Nyukasl» esa hayratda, ular bunday hiylani kutishmagan edi. Agar ular Tonalining giyohvandligi haqida bilishsa, ular 64 million evro to'lagan bo'lishlariga shubha qilamiz. Jazoga loyiq, lekin halol munosabatni ko'rish muhimdir. Sandro giyohvandlik uchun davolanishga bordi, umid qilamizki, sog'lig'ini tezda tiklab oladi. «Magpiylar»ning yangi yarim himoyachisi esa bir qancha o'yinarda yaxshi o'ynadi. Bu, albatta, jadvalda orqaga tushib qolgan jamoaga yordam beradi.
Romeo Laviya («Chelsi» - 62.1 million evro)
«Liverpul» bilan raqobatda g'olib chiqgan holda «Chelsi» Laviyani jamoaga olib keldi va darhol savol tug'iladi. Nega «Chelsi»ga belgiyalik futbolchi kerak? Entso yarim himoya markazidagi o'rnini tashlab qo'ymaydi, yosh Lavia esa hujumda qanday o'ynashni bilmaydi. Yilning eng tushunarsiz transferlaridan biri. Romeoning jarohatlari bu kelishuv nima uchun haqli ravishda «Chelsi» uchun muvaffaqiyatsizlik va «Sautgempton» uchun katta muvaffaqiyat deb ta'riflanganini ta'kidlaydi. Boeli va Pochettino 62,1 million evroga transferni ma'qullashdi, garchi birinchi navbatda imzolashdan ma'no yo'q bo'lsada.
Mateush Nunesh («Manchester Siti - 62 million evro)
Shunga o'xshagan yana bir kelishuv. «Manchester Siti» ba'zida shayxlarning pullarini nima qilishni bilmay qoladi. Shu bois, yarim himoyachi Fillips bilan muvaffaqiyatsizlikdan so'ng - «Yorkshir pudingi» «Vest Xem»ga ijaraga berildi - Gvardiola «Sporting»da porlagan futbolchini jamoasida ko'rishni istadi. Mateush «Vulverxempton»da o'zini ko'rsata oldi, ammo u «shaharliklar»da boshlang'ich tarkibda bor-yo'g'i beshta o'yin o'tkazdi. Ammo ikkita golli uzatma ham bu kelishuvning ma'nosini o'zgartirmaydi. Nunesh zaxira o'yinchisiga aylandi va bu uning 25 yoshidagi faoliyatidagi pauza. U boshqa qimmat va ortiqcha futbolchilar taqdiriniq qisman takrorladi.
R.IBROHIMOV tayyorladi
Manba: «Interfutbol» gazetasi