17 yoshli eronlik hujumchi Fayzullaevning jamoadoshiga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Eronning "Sepaxon" klubi hujumchisi Kasra Taheri TsSKAga o'tadi. Bu haqda Persian Soccer xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 17 yoshli futbolchi avvalroq "Rubin"da ko'rikdan o'tgan, biroq u Qozon klubiga o'tmagan.
Hozir Transfermarkt portali yosh hujumchini 50 ming evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, U17 jahon chempionatida Taheri to'rtta uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
RPLning 18-turidan so'ng TsSKA 28 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Mart oyi boshida Rossiya chempionati o'yinlari davom ettiriladi.

Bosh sahifaga
195