Rasman! Manolas A Seriya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Gretsiyalik himoyachi Kostas Manolas "Salernitana" futbolchisiga aylandi. Klub rasmiy sayti orqali 32 yoshli futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.
Manolas "Salernitana" safida 44-raqamda maydonga tushadi. Tajribali gretsiyalik futbolchi erkin agent sifatida A Seriya klubiga o'tdi.
Ayni paytda "Salernitana" Italiya chempionati turnir jadvalida oxirgi, 20-o'rinda bormoqda. Jamoa bugun o'z maydonida "Empoli"ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
197