Rasman! Boateng A Seriya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Italiyaning "Salernitana" futbol klubi Myunxenning "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerom Boatengning transferini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Boateng "Bavariya"da 10 yil o'ynagan. Bu vaqt ichida nemis himoyachisi nemis klubi bilan 25 ta sovrin yutgan. Himoya chizig'i futbolchisining oxirgi jamoasi "Lion" bo'ldi. Boatengning frantsuz klubi bilan shartnomasi o'tgan yilning 1 iyulida yakuniga etgandi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
Joriy mavsumda Italiya chempionatining 22-turidan so'ng "Salernitana" 12 ochko bilan oxirgi, 20-o'rinni egallab turibdi. Ichki chempionatning navbatdagi uchrashuvida "Salernitana" safarda “Torino”ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
195