"PSJ" hujumchisi Bundesligaga yo'l olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchi Ugo Ekitikeni sotib olish ustida ishlamoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, nemis klubi 21 yoshli Ekitike transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi, biroq shartnoma hali to'liq yopilgani yo'q.
Agar kelishuvga amalga oshsa, bu qishki transfer oynasining so'nggi kuni, ya'ni payshanba kuni sodir bo'ladi.
Mavsumning birinchi qismida Ekitike "PSJ"ning faqat bitta uchrashuvida qatnashdi.
Transfermarkt portali bu futbolchini 15 million evroga baholamoqda. Ayni paytda "Ayntraxt" Germaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
165