Sarrga La Liga va APL klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Huquqlari "Marsel"ga tegishli bo'lgan hujumkor yarim himoyachi Ismoil Sarr klubini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchi bilan Evropaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Football Transfers nashri xabariga ko'ra, vinger uchun uchta klub kurash olib boradi.
Gap "Everton", "Nottingem Forest" va "Vilyarreal" haqida ketmoqda. "Everton" allaqachon o'z pozitsiyasini belgilab qo'ygan - klub Sarrni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. "Marsel" o'z navbatida to'liq transferga tayyor.
Provansliklar Sarrni 15 million evroga baholamoqda. Liga 1ning joriy mavsumida Ismoil 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
179