"Atletiko" "Valensiya" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Madridning “Atletiko” klubi “Valensiya” himoyachisi Gabriel Paulista xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi so'nggi 7 yil davomida o'ynab kelayotgan klubini tark etmoqchi. Qayd etilishicha, "matraschilar" "Chelsi" himoyachisi Trevo Chalobaning variantini ko'rib chiqishgan, ammo qimmatligi tufayli bu nomzodlikdan voz kechishga qaror qilingan.
Paulistaning "Valensiya" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt uni 2,5 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 19ta o'yinda ishtirok etdi.

Bosh sahifaga
185