"Inter" futbolchisi "Lester"ga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Stefano Sensi Angliyaga ko'chib o'tadi. "Lester" yaqin soatlarda "Inter"dan 28 yoshli yarim himoyachining transferini yopadi, dedi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Manbaga ko'ra, "Lester" Sensini 500 ming evroga ijaraga olyapti. Shartnomada "tulkilar" Premer-ligaga chiqsa, futbolchini 2 million evroga majburiy sotib olish varianti ko'zda tutilgan. Ayni damda jamoa Chempionshipda ancha ishonchli peshqadamlik qilmoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Stefano Sensi "Inter"ning atigi to'rtta rasmiy uchrashuvida qatnashgan.

Bosh sahifaga
179