"Al-Ahli" Firminoni qo'yib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Saudiyaning "Al-Ahli" klubi o'zining asosiy yulduzlaridan biri - hujumchi Roberto Firminoni qo'yib yuborishga tayyor.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, Jidda klubi braziliyalik futbolchiga tegishli taklif tushsa, ijaraga berishga ruxsat beradi.
Roberto Firmino yozdan beri "Al Ahli"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda forvard 19 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali 32 yoshli Firminoni 10 million evroga baholamoqda.
Bungacha braziliyalik futbolchi Evropada Germaniyaning “Xoffenxaym” va Angliyaning “Liverpul” klublarida o'ynagan.

Bosh sahifaga
171