"Bavariya" "Galatasaroy"ga rasmiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Bavariya" "Galatasaroy"ga o'ng qanot himoyachisi Sasha Boe borasida rasmiy taklifni yubordi.
Tomas Tuxel jamoasi shartnomaga mavsum oxirida futbolchini to'laqonli sotib olish variantini kiritishni taklif qilgan.
Turkiyalik jurnalist Nevzat Dindarning yozishicha, “Galatasaroy” “Bavariya”ning sotib olish optsiyasi bilan ijaraga berish taklifini allaqachon rad etgan. Agar "Bavariya" 25 million evro to'lasa, jamoa Boe bilan faqat doimiy ravishda xayrlashishga tayyor.
23 yoshli Boe joriy mavsumda Turkiya chempionatida 17ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Frantsiyalik futbolchi avvalroq o'z vatanida “Dijon” va “Renn” jamoalarida o'ynagan.

Bosh sahifaga
169