"Yuventus" Xendersonnining maoshini 26 baravar kamaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Turinning "Yuventus" klubi angliyalik yarim himoyachi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida o'ynayotgan Jordan Xenderson bilan muzokaralar olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati angliyalik futbolchiga yiliga 1,5 million evro maosh taklif qilmoqda. Bu Jordaniyaning Yaqin Sharqdagi hozirgi daromadidan 26,5 baravar kam. Futbolchining "Al-Ittifoq" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 33 yoshli yarim himoyachi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
188