Saudiya klubi "Atletiko" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Insayder Fabritsio Romano hujumchi Anxel Korreaning "Atletiko"dan "Al-Ittihod"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.
Saudiya klubi 28 yoshli futbolchini qo'lga kiritish ustida ish boshlagan va tez orada "matraschilar"ga rasmiy taklif bilan chiqish niyatida, deya xabar beradi Romano. Yana bir taniqli insayder Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, "Atletiko" argentinalik futbolchini sotishdan 40 million evroga yaqin daromad olishni rejalashtirmoqda.
Yaqinda ispan OAVlari Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Anxel Korreaga yiliga 20 million evro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabar tarqatdi.

Bosh sahifaga
194