La Liga klubi o'z hujumchisini "Arsenal"ga 25 million evroga sotishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Ispaniyaning "Xetafe" klubi hujumchi Borxa Mayoralni Londonning "Arsenal" klubiga 25 million evroga sotishdan bosh tortdi. Ispaniya klubi rahbariyati jamoaning eng yaxshi to'purarini deyarli ikki barobar qimmat - 45 milliondan kam emasligini aniq aytdi.
Bunday katta ishtaha klubning Mayoral bilan to'rt yillik shartnomasi borligi va "Xetafe" uni sotishga shoshilishdan ma'no ko'rmayotgani bilan izohlanadi. Madridning chekkasidagi klub ayni damda Ispaniya La Ligasi chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turda "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
164