"Atletiko" JCh g'olibini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Madridning "Atletiko" klubi AQShning "Atlanta klubi hujumkor yarim himoyachisi Tyago Almadaga da'vogarlik qilmoqda.
Argentinalik Anxel Korrea tez orada "matraschilar" safini tark etishi mumkin, uni sotib olishga "Al-Ittihod" qiziqmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "Atletiko Madrid" agar Korrea ketsa, Almadani sotib olishga tayyor. Madrid klubi 22 yoshli Almada Korreaning o'rnini mukammal tarzda egallay oladi, deb hisoblamoqda. Tyago Almada Argentina terma jamoasi tarkibida JCh-2022 g'olibi bo'ldi, Anxel Korrea ham.
Transfermarkt portali MLS yulduzining narxini 27 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
172