Balotelliga Italiyaning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Turkiyaning «Adana Demirspor» klubi hujumchisi Mario Balotelliga A seriyaning 3 ta klubi — «Udineze», «Salernitana» va «Empoli» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Foot Mercato" xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining o'zi ham Italiya chempionatiga qaytishni istamoqda. Bu orqali Mario Italiya terma jamoasi taklif olishni ko'zlamoqda.
33 yoshli futbolchi Turkiya superligasining joriy mavsumida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
175