"Liverpul" o'z futbolchisini boshqa klubga o'tishiga rozilik berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Fabio Karvalyu "Xall Siti" safiga o'tishga yaqinlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" 21 yoshli yarim himoyachiga "yo'lbarslar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berdi. Agar muammo aniqlanmasa, Karvalyu mavsum oxirigacha ijara asosida “Xall Siti”ga o'tadi.
Portugaliyalik futbolchining shartnomasida sotib olish varianti mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, mavsumning birinchi qismida Fabio Karvalyu "Leyptsig" sharafini himoya qilgan, ammo u erda kam o'ynagan. Futbolchi yaqinda muddatidan avval "Liverpul"ga qaytdi. "Xall Siti" Chempionship vakili bo'lib, hozirda turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
189