"MYu" o'z futbolchisi borasida PSV bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Fakundo Pelistri yanvar oyida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, PSV urugvaylik yarim himoyachini ijaraga olish borasida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshlagan.
Ma'lum qilinishicha, Pelistriga "Los-Anjeles Gelaksi" ham qiziqish bildirmoqda va yaqin orada klub futbolchining to'liq transferi bo'yicha taklif bilan chiqadi.
Joriy mavsumda Pelistri "Manchester Yunayted" safida APLda 9 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
189