Rasman! Onana "Marsel" futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Istanbulning "Beshiktosh" klubi tayan yarim himoyachisi Jan Onana Frantsiyaning "Marsel" klubiga o'tdi. Bu haqda Frantsiya klubi matbuot xizmati rasman xabar bermoqda.
Kamerunlik futbolchi joriy mavsum oxirigacha ijaraga berilgan, sotib olish optsiyasi ham bor.
Eslatib o'tamiz, Onana va yana bir qator "Beshiktosh" futbolchilari o'tgan yilning dekabr oyida Istanbul klubining asosiy tarkibidan chetlashtirilgan edi.
2023 yilning yozida Istanbulga ko'chib o'tishdan oldin Onana Frantsiyaning "Bordo" va "Lans" klublarida o'ynagan. Yarim himoyachi Kamerun terma jamoasi azosi ham hisoblanadi. Onana "Beshiktosh" safida 10 ta rasmiy o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
190