Xenderson APLga qaytishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Saudiyaning "Al-Ittifoq" yarim himoyachisi Jordan Xenderson shu oyda Premer-ligaga qaytishni istamoqda.
Iyul oyida "Liverpul" o'z sardorini "Al-Ittifoq"ga sotishdan 12 million ishlab olgandi. Xendersonni haftasiga 700 ming funt maosh va "qizillar" afsonasi Stiven Jerrard bilan ishlash imkoniyati o'ziga tortdi.
Biroq, bu mavsum "Al-Ittifoq" va shaxsan Xenderson uchun juda og'ir bo'ldi.
Katta pul Xendersonni hech qachon xursand qilmagan va endi 33 yoshli angliyalik futbolchi Premer-ligadan kelgan har qanday taklifni jiddiy ko'rib chiqishga tayyor.
Daily Mail nashri xabar berishicha, Xenderson arablarning turmush tarziga moslasha olmadi, doimiy issiqlik va bu mavsumda "Al-Ittifoq"ning uy o'yinlariga o'rtacha tashrif atigi 7800 tomoshabinni tashkil etadi.
Shuning uchun Xenderson vataniga qaytish uchun katta moliyaviy yo'qotishlarga tayyor. Jordan bu haqda kiyinish xonasida o'zining sheriklariga aytgan.

Bosh sahifaga
194