«PSJ» yarim himoyachisi Adrien Rabo va «Barselona» o'rtasida muzokaralar qiyin kechmoqda. Boisi, muzokara jarayoniga futbolchining onasi aralashib, "ko'k-anorranglilar"dan ko'p pul talab qilmoqda.
Rabo yanvar oyidayoq «PSJ»ni tark etib, «Barselona» safiga qo'shilishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, tomonlar avvalroq kelishuvga erishib bo'lishgandi. Ammo Adrienning onasi kattaroq maosh talab qilayotgan bois, hali hech qanday shartnoma imzolanmadi.