Morataga Saudiyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Alvaro Morata Saudiya Arabistoni klublarining nishonida.
TodoFichajes nashrining xabar berishicha, 31 yoshli futbolchiga "Ash-Shabab", "Al-Hilol" va "Al-Ittihod" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu klublar qishki transferlar vaqtida Moratani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
"Atletiko" Moratani 30 million evroga baholaydi, bu Saudiyaning boy klublari uchun muammo bo'lmaydi. Biroq, Alvaro hozir "Atletiko"ning asosiy o'yinchisi - joriy mavsumda 24 ta o'yinda maydonga tushib, forvard 17 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
246