"Arsenal" bir shart evaziga o'z futbolchi bilan xayrlashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Hujumchi Eddi Nketia qishki transfer oynasida “Arsenal”ni tark etishi mumkin.
24 yoshli futbolchiga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "kanonirlar" uning o'rniga boshqa o'yinchi olgan taqdirdagina forvard bilan xayrlashish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Aks holda, "Arsenal" Nketiya bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaydi.
2023/2024 yilgi mavsumda Eddi Nketia "Arsenal"ning 26 ta o'yinida qatnashgan. Ularda hujumchi oltita gol urdi va sheriklariga to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali Eddi Nketiyani 35 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
462