"Inter" o'z futbolchisini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Milanning "Inter" klubi yozda o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisni sotishni ko'rib chiqmoqda.
Tuttosport nashri ma'lumotlariga ko'ra, "neradzurrilar" yozgi mavsumda himoyaning o'ng qanotini to'liq yangilashi mumkin. Manbaning xabar berishicha, "Inter" Dyumfris o'rniga "Bryugge" himoyachisi Teydjon Byukenenni sotib olmoqchi. Zaxira himoyachisi sifatida murabbiy Simone Indzagi Shveytsariyaning "Sankt-Gallen" jamoasida ijara asosida ajoyib mavsum o'tkazayotgan Mattia Zanottiga ishonishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Dyumfris "Inter" bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmayapti. Futbolchining "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
205