"Arsenal" yanvar oyida yangi tayanch yarim himoyachini o'z safiga qo'shib oladi, faqatgina...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Londonning "Arsenal" klubi yanvar oyida yangi tayanch yarim himoyachining transferi uchun pul ajratmoqchi emas.
Gunner Blog nashri ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" yangi tayanch yarim himoyachi sotib olish uchun ko'p pul sarflamoqchi emas. Qayd etilishicha, “Aston Villa”dan Duglas Luis va “Real Sosedad”dan Martin Subimendining transferi hozircha imkonsiz ko'rinadi, chunki ikkala futbolchi ham juda katta mablag' talab qiladi.
Manbaning xabar berishicha, "Arsenal" ijaraga olish variantini topsagina yangi tayanch yarim himoyachini taklif qiladi. Yanvar oyida London klubi uchun asosiy vazifa himoyachi sotib olishdir.

Bosh sahifaga
202