So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Atletiko» «Barselona» ustidan Ispaniya futbol federatsiyasi va La ligaga shikoyat kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 712
«Atletiko» klubi «Barselona»ga transfer qilingan Antuan Grizmann masalasida Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi va La ligaga murojaat qildi.
Kataloniyaliklar futbolchi uchun shartnomada ko'rsatilgan 120 million evro miqdoridagi tovon pulini to'ladi va Antuan 12 iyul kuni "Barsa" futbolchisiga aylandi. "Matraschilar" yana 80 million evro miqdorida pul undirishni ko'zlashmoqda. Ularning fikricha, «Barselona» Grizmann bilan mart oyida kelishib olgan. O'sha paytda esa o'yinchining tovon puli 200 million evroga teng edi. 1 iyuldan boshlab esa tovon puli 120 million evroga aylandi.
«Atletiko» prezienti Enrike Seresoning ta'kidlashicha, «Barselona» tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarlik borasida unda isbotlar bor. Shu bois, jamoa qo'shimcha 80 million evroni qo'lga kiritmoqchi.
Bundan tashqari, «Atletiko» bu ish yuzasidan FIFAga murojaat qilmoqchi edi. Ammo tashkilot klublar o'rtasidagi muammoni hal qilish FIFAning vakolatiga kirmasligini ta'kidlagan.